Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş böyiça takliflar işlab çiqiladi. 1 dekabrdan e’tiboran AYoQŞlarda AI-80 benzini sotuvi töxtatiladi. Tiğiz vaqtlarda şaharda yuk maşinalari harakati çeklanadi. Quriliş obektlariga havo sifatini ölçovçi stansiyalar va kameralar örnatiladi. Qurilişlarni loyihalaşda şamol yönalişi va tezligini inobatga oliş talabi qöyiladi.
Özbekiston prezidenti 18 noyabr kuni imzolagan qaror bilan, ekologiya sohasi böyiça yangi çoralar dasturi tasdiqlandi.
Unga köra, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida mavjud issiqxona xöjaliklarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş böyiça zarur taşkiliy-texnik çora-tadbirlar töğrisida 2025 yil oxirigaça takliflar işlab çiqiladi. Bunda:
- mavjud issiqxona xöjaliklarining tabiiy gazga bölgan ehtiyoji, mavjud quvvatlar va tarmoqlarga ulaniş imkoniyatlari tahlil qilinadi;
- issiqxona xöjaliklari joylaşgan hududlardagi gaz taqsimoti tarmoqlarining texnik holati va mavjud quvvati xatlovdan ötkaziladi;
- energiya tejamkor isitiş texnologiyalarini joriy etiş, şu jumladan, tabiiy gazdan samarali foydalaniş va muqobil manbalar (biogaz, quyoş energiyasi) bilan uyğunlaştiriş imkoniyatlari örganiladi;
- tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlaş böyiça mavsumiy grafiklar, limit va tarif mexanizmlari takomillaştiriladi; issiqxona xöjaliklari faoliyatida uzilişlarning oldini oliş çoralari köriladi.
Yil oxirigaça, şuningdek, mazut va şunga öxşaş yuqori ifloslantiruvçi yoqilği turlaridan foydalangan holda atmosferaga zararli moddalar çiqarilişining oldini oliş maqsadida javobgarlik çoralarini kuçaytiriş böyiça qonunçilik hujjatlariga özgartiriş kiritiş yuzasidan ham takliflar işlab çiqiladi.
Issiqxonalar kafolatlangan hajmdagi gaz bilan ta’minlanadi. Ularga soliq imtiyozi ham berildi















