Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya chililikdan haddan katta yo‘lkira haqi olgan taksichini hibsga oldi
Chililik jurnalist Diyego Gaspara Mirandadan Moskva viloyatidagi Domodedovo aeroportidan Moskvadagi "Kraun Plaza" mehmonxonasigacha bo‘lgan yo‘l uchun 50 ming rubl olgan taksichi politsiya tomondan ushlandi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Ta'kidlanishicha, aeroportdan mehmonxonagacha yo‘l 50 km ni tashkil qiladi.
Jurnalist Moskvaga 16 iyunda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogini yoritish uchun kelgan. U taksichiga 60 ming rubl bergan, taksichi esa yo‘l haqi uchun 50 ming rubl olib qolib, 10 ming rubl qaytim bergan. Ya'ni taksichi 50 km yo‘l uchun joriy kurs bo‘yicha taxminan 900 dollarga yaqin pul olgan.
Biroq chililik, ko‘rinishicha, valyutalar kursidan xabar topgach, aldanganini payqab, politsiyaga murojaat qilgan.
Taksichi Moskva viloyatida yashovchi erkak bo‘lib chiqqan. U Radio Chili jurnalistini manzilga Mercedes mashinasida eltib qo‘ygan. Ayni vaqtda gumonlanuvchi politsiya bo‘limida ushbu holat yuzasidan ko‘rsatma bermoqda. Unga nisbatan "To‘lovni olishda firibgarlik qilish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Konfederatsiyalar kubogi 17 iyunda start oladi. Musobaqalar Moskva, Qozon, Sochi va Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi. Chili V guruhida Kamerun, Avstraliya va Germaniya bilan birga o‘ynaydi. A guruhida esa Rossiya, Yangi Zelandiya, Portugaliya va Meksika o‘zaro bahs olib boradi.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026