Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyod Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishga ruxsat bermaydi
Foto: Reuters
Saudiya Arabistoni Turkiyaga qirollikda harbiy bazalarni qurishga ruxsat bermaydi. Bu haqda SPA agentligi rasmiy manbaga asosan xabar tarqatgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an payshanba kuni Portugaliya TVga bergan intervyusida Saudiya Arabistonida Turkiya harbiy bazasi paydo bo‘lishi ehtimolini qirol Salmon bilan muhokama qilgani haqida ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qirol taklifni ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan.
"Manbaning tasdiqlashicha, Saudiya Arabistoni qirolligi Turkiyaga o‘z hududida harbiy bazalar tashkil etishiga imkon bermaydi... Qirollikda bunga ehtiyoj yo‘q", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:00
Saudiya Arabistoni Eron hujumlariga javob qaytargan
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026