Jahon | 16:11 / 17.06.2017
3980
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Makron va Qatar amiri bilan mintaqadagi inqirozni muhokama qildi

Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Taniy bilan telefon orqali suhbatda Qatar atrofidagi inqirozni hal qilishga ko‘maklashish uchun muloqotga chaqirdi. Bu haqda Hurriyet gazetasi manbaga asosan xabar bergan.

Manba so‘zlariga ko‘ra, uch davlat yetakchilari Qatar inqirozi bo‘yicha fikrlar almashishgan. Ularning maqsadi mintaqada keskinlikni darhol to‘xtatish.

Gazetaning ta'kidlashicha, xabarlarga ko‘ra, yetakchilar faqatgina muloqot va muzokaralar Fors ko‘rfazidagi keskinlikni yo‘qotishini qayd etishgan. Ular bu boradagi sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga ham chaqirishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid