Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar atrofidagi inqiroz Suriyaning parchalanishini tezlashtirishi mumkinligi fikri bildirildi
Foto: Reuters
Qatar atrofidagi inqiroz Suriyaning parchalanishini tezlashtirishi mumkin, deb hisoblamoqda Suriya islom kengashi rahbari Usoma ar-Rifaiy.
Ar-Rifaiyning "Anadolu" axborot agentligiga aytishicha, arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik Eronga qo‘l kelib, uning mintaqadagi ta'sirining kuchayishiga ko‘mak beradi.
Ar-Rifaiyning aytishicha, Qatar atrofidagi keskinlikdan G‘arb ham yutadi. Biroq bu jarayonlarning salbiy ta'sirini Suriya xalqi o‘zida his qiladi.
"Bugungi kunda biz Suriyani bo‘laklash bo‘yicha rejalarning amalga oshishining guvohi bo‘lmoqdamiz. Suriya xalqi, jumladan etnik kurdlar, Suriya bo‘laklanishini istashmayapti. Biz o‘nlab yillar davomida tinchlik-totuvlikda yashab kelganmiz. G‘arb esa bizning oramizga nifoq solmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi Ar-Rifaiy.
U arab dunyosi davlatlarini qarama-qarshilikni tugatishga chorlovlarga amal qilishga chaqirdi, chunki ixtilof falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. "Agar Fors ko‘rfazidagi og‘a-inilar mojarolashishni davom ettirsalar, unda bu butun mintaqaga ta'sir qiladi", deb aytdi Ar-Rifaiy.
Mavzuga oid
18:15 / 13.02.2026
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharqqa ikkinchi aviatashuvchini yubormoqda
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
21:25 / 29.01.2026