Jahon | 11:12 / 17.06.2017
7269
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Makkeynni himoya qilgan advokatni yolladi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z huquqshunoslari safini yana bir advokat bilan to‘ldirdi. Bu haqda CNN manbaga asosan xabar bergan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Tramp Kolumbiya okrugida taniqli bo‘lgan advokat Jon Daudni yolladi. Huquqshunos Amerika yetakchisi manfaatlarini, Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga aralashgani bo‘yicha ishda himoya qiladi.

Ma'lumot uchun, 1990 yilda Daud senator Jon Makkeynni korrupsiya bo‘yicha ishda muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid