Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antalyada chiqindidan elektr energiya ishlab chiqariladi
Turkiyaning sayyohlik markazi deb e'tirof etiluvchi Antalyada maishiy chiqindilarda ishlovchi issiqlik elektr stansiyasi (IES) qurildi.
Shahar meri Mandaras Turel IES iyulda sinov tartibida ishga tushirilishini ma'lum qildi.
Uning aytishicha, IES poydevorini qo‘yish marosimi o‘tgan yil noyabrda o‘tgandi. Merning ta'kidlashicha, tez orada Antalyada maishiy chiqindi "oltinga teng" bo‘ladi.
"Yangi elektr stansiya Turkiya va hattoki, Yevropadagi eng zamonaviylaridan biri hisoblanadi. IESning o‘rnatilgan quvvati 25 megavattni tashkil qiladi, bu esa mintaqamiz uchun atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan muhimdir", deb aytdi Turel.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026