Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy, Eron, AQSh va Qatar Fors ko‘rfazidagi inqiroz fonida mashqlar o‘tkazdi
Xitoy va Eron Fors ko‘rfazida qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazdi. Bu haqda The South China Morning Post xabar bermoqda.
Mashqlar yakshanba, 18 iyun kuni, Bandor-Abbos porti yaqinida bo‘lib o‘tgan. Ularda Eron va Xitoyning ikkita esminetsi, ta'minot kemasi va vertolyot qatnashgan. Xitoy otryadi qo‘mondoni kontr-admiral Shen Xaoning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma mashqlar ikki flot dengizchilari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Mashqlar tugaganidan so‘ng Xitoy flotiliyasi Ummonga ketgan. Bir kun avval, 17 iyun kuni, AQSh kemalari Qatar HDK bilan qo‘shma mashqlar o‘tkazdi.
Mashqlar mintaqadagi keng ko‘lamli inqiroz fonida o‘tkazildi. 2017 yilning may oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp, Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida, Eronni terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi. «Tehron Livandan to Iroq va Yamangacha terrorchi hamda boshqa ekstremistik guruhlarga homiylik qilib, ularni qurol bilan ta'minlaydi va mashq qildiradi, - deya ma'lum qildi Tramp. – Bu hukumat, ommaviy qotilliklar haqida ochiq gapirib, Isroil va AQShni yo‘q qilishga chaqirmoqda». Bunga javoban Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Xominaiy Qo‘shma Shtatlarni Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirish va IShID terrorchilik guruhini tashkil etishda aybladi.
Mavzuga oid
17:39
Iqtisodiy ahvol, demokratlarga haqorat va Eron – Trampning millatga murojaati qanday o‘tdi?
11:02 / 23.02.2026
Eron Rossiyadan zenit-raketa komplekslari va minglab raketalar sotib oladi
22:11 / 22.02.2026
Eron AQShning ehtimoliy hujumiga qarshi reja tayyorlamoqda
17:47 / 22.02.2026