Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jet Airways samolyot bortida tug‘ilgan chaqaloqqa umrbod bepul yo‘llanma taqdim etdi
Hindistonning Kerala shtatida yashovchi ayol Saudiya Arabistonidan yo‘lga chiqqan samolyotda farzandli bo‘ldi. Ayolni to‘lg‘oq tuta boshlaganida havo kemasi 35 ming fut (10 ming metr) balandlikda bo‘lgan. NDTV telekanali shu haqda xabar berdi.
Favqulodda holat yakshanba kuni Jet Airways aviakompaniyasining Ad-Dammamdan Kochchi tomon harakatlanayotgan samolyotida ro‘y bergan. Bu vaqtda samolyot bortida 162 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ayolda to‘lg‘oq dardi boshlanganida samolyot ekipaji shoshilinch tibbiy yordamni talab qiluvchi favqulodda holat to‘g‘risida e'lon qilgan. Shundan so‘ng samolyot o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, Mumbay aeroportida muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan.
Keralga parvoz qilayotgan hamshira ayol va ekipaj a'zolari bolani dunyoga keltirishda yordam bergan. Samolyot qo‘nganidan keyin ona va bola mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ularning ahvoli barqaror baholanmoqda.
Shundan so‘ng havo kemasi o‘z parvozini davom ettirgan.
Aviakompaniyada xabar berilishicha, bu Jet Airways samolyoti bortida yuz bergan birinchi shunday holat. Shu munosabat bilan bolakayga butun umri davomida tashuvchi reyslaridan bepul foydalanish huquqi berildi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026