Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda o‘g‘irlik fosh etildi
Foto: Toshkent shahar IIBB
2017 yilning 16 iyun kuni taxminan soat 13:10larda Doniyor Ishnazarovich Ernazarov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida fuqaro Shuhrat Rahimovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) «Changan» rusumli avtoulovi salonidan bahosi 1.250.000 so‘mlik «Artel» rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda xizmat olib borayotgan Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
20:32 / 03.01.2026
Yunusobodda mast holatda o‘zganing mashinasiga shikast yetkazgan shaxs ushlandi
11:55 / 03.01.2026