Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov: “Turkiyaning yirik banki bir oy ichida O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi”
2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda dastlab Savdo-sanoat palatasining sobiq raisi Alisher Shayxov, keyinroq respublika bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi.
Qurultoy davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etdi. Muloqot chog‘ida tadbir qatnashchilari tadbirkorlik sohasidagi mavjud muammolar yuzasidan savollar berishdi. Ta'kidlash joizki, ushbu yig‘ilishda ko‘plab muammoli masalalarga ijobiy yechim topildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yaqin bir oy ichida Turkiyaning “Ziroat” banki O‘zbekistonda o‘z filialini ishga tushirishini ma'lum qildi.
“Yaqin bir oy ichida Turkiyaning eng yirik banklaridan biri – “Ziroat” banki O‘zbekistonda o‘z filialini ishga tushiradi. Turkiya hukumati mamlakatimizda moliyaviy-huquqiy kichik biznes bo‘yicha 500 million dollar miqdorida o‘z liniyasini ochadi”, - deya qayd etdi Abdulla Aripov.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
23:44 / 13.06.2026