Joriy yilning 20 iyun kuni Özbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining navbatdan taşqari qurultoyi bölib ötdi. Qurultoyda dastlab Savdo-sanoat palatasi raisi Alişer Şayxov raislik qilgan, keyinroq respublika boş vaziri Abdulla Aripov raislik qila boşlagan.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, qurultoyda taşkiliy masala körilgan. Şu kunga qadar Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimida işlab kelgan Alişer Erkinoviç Şayxov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Alişer Şayxov . Foto: Chamber.uz

Uning örniga Prezident taqdimiga köra Özbekiston boş vazirining sobiq örinbosari Adham Ikromov tayinlangan.

Ikromov Özbekiston Prezidentining taşkiliy-kadr masalalari böyiça davlat maslahatçisi birinçi örinbosari va Prezident huzuridagi davlat boşqaruvi Akademiyasi rektori sifatida işlab kelayotgandi. "

Adham Ikromov. Foto: "Kun"

Ma'lumot uçun, 19 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinişi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni e'lon qilindi. Farmon avvalo tadbirkorlik faoliyati rivojlanişi va biznesning qonuniy manfaatlari muhofazasini, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyati tubdan takomillaştirilişini nazarda tutadi.

Ayrim manbalarga köra, Alişer Şayxov Yevropa davlatlaridan birida Özbekistonning elçisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.