Jamiyat | 22:28 / 20.06.2017
4374
3 daqiqa o‘qiladi

Andijonda bir haftada 14 ta yong‘in yuz berdi

Andijon viloyatida o‘tgan hafta davomida (10 iyundan 17 iyunga qadar) 14 ta yong‘in hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga Andijon viloyati, IIB YoXB katta muhandisi, kapitan Ulug‘bek Qosimov xabar bermoqda.                                                          

Jumladan,  2017 yilning 13 iyun kuni Jalaquduq tumani, “Shahrixonchek” mahalla fuqarolar yig‘ini, Yangiobod ko‘chasi, 123-uyda yashovchi fuqaro Azizbek Mirahmedovning xonadonida ochiq olovdan foydalanishdagi ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, yashash uyining 40 kvadrat metr tom qismi yonib ketdi.

Shuningdek, 14 iyun kuni Izboskan tumani “Guzar” mahalla fuqarolari yig‘ini, Shahriston ko‘chasi, 56-uyda yashovchi fuqaro Abdurahim G‘oziyevning yashash uyida elektr simining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyining 40 kvadrat metr shift va tom qismi yongan. Yong‘in uning qo‘shnisi 58-uyda yashovchi fuqaro Javlonbek Komilovning yashash uyiga o‘tib, yashash uyining 20 kvadrat metr tom qismi yonib zararlandi. Yong‘in xavfsizligi xizmatining sa'y-harakatlari natijasida binoning 80 kvadrat metr maydoni  yong‘indan saqlab qolingan.

9  iyun kuni Andijon shahar, Milliy tiklanish ko‘chasi, 27-uyda joylashgan “Mehrigiyo medikal” MChJ tomondan ijara asosida foydalanib kelinayotgan binoda konditsionerni yoqib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida katta yong‘in sodir bo‘lgan edi.  14 iyun kuni Andijon shahrida ushbu yong‘inning tahliliy-muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda hokimlik va mutasaddi tashkilotlar hamda tadbirkorlar ishtirok etib, sodir bo‘lgan yong‘inning kelib chiqish sabablari atroflicha o‘rganildi va yig‘ilish ishtirokchilari bilan birgalikda muhokama qilindi.

Kelgusida bu singari falokatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, mavzuga oid videoroliklar namoyish qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid