Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda 2 kun ichida 20 dan oshiq kishi yashin urishi tufayli halok bo‘ldi
Bangladeshda so‘nggi ikki kun ichida kamida 22 kishi yashin urishi natijasida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mahalliy hukumatga asosan.
Tabiiy ofatlar oqibatlarini boshqarish bo‘yicha departament rahbari Rizo Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, yakshanba va dushanba kuni mamlakatga dovullar yopirilgan. Uning aytishicha, momaqaldiroq sabab 22 kishi halok bo‘ldi.
O‘tgan haftada Bangladesh janubi-sharqida kuchli yomg‘irlar va ko‘chkilar tufayli 158 kishi halok bo‘lgandi. Avvalgi dushanba kuni boshlangan kuchli jala ko‘proq Bandarbon va Rangamati okruglariga zarar yetkazdi.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
07:35 / 17.02.2026
Xarita: Yer yuzida yashin eng ko‘p kuzatiladigan hududlar
14:33 / 14.02.2026
Yashin tushdimi yoki AI mahsuli? Hokimlik O‘zgidromet xabarini rad etdi
13:18 / 01.12.2025