Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kameralar qayd etgan qoidabuzarlik bo‘yicha jarimalarni to‘lamagan mingdan ortiq mashina jarima maydonlarida saqlanmoqda
Foto: "Kun"
Toshkent shahrida joriy etilgan yo‘l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi tomonidan joriy yilning 15 mart kunidan 19 iyunigacha jami 116 049 ta qoidabuzarliklar aniqlangan. Bu haqda Kun.uz’ga IIV YHX Bosh boshqarmasidagi manba xabar berdi.
Aytilishicha, ushbu qoidabuzarliklarning 54 283 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik va 61 766 tasini belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik tashkil etadi. 2017 yilning 18 iyun kuni, ya'ni bir kunda tizim tomonidan 1063 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan.
O‘zbekiston IIV DYHXX tomonidan joriy yilning 15 may kunidan 19 iyun kunigacha respublika bo‘yicha Toshkent shahrida joriy etilgan kompyuterlashtirilgan tizim tomonidan qayd etilgan va jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun belgilangan 60 kunlik muddatda ularni to‘lamaganlik holati bo‘yicha 9 968 ta transport vositasi jarima maydonlariga qo‘yilgan. Shundan 8 955 ta transport vositasi egasi qisqa muddatlarda jarimalarni to‘laganligi uchun ularga tegishli transport vositalari jarima maydonlaridan qo‘yib yuborilgan hamda jarimalar to‘lanmaganligi uchun 1013 ta transport vositalari jarima maydonlarida saqlanmoqda.
Mavzuga oid
09:12 / 18.02.2026
Fransiya Grinch tankerini jarima to‘langanidan keyin qo‘yib yubordi
23:28 / 11.02.2026
Toshkentda yo‘l qoidabuzarliklariga oid jarimalar bo‘yicha shikoyatlar uchun Call-markaz ishga tushdi
08:00 / 11.02.2026
Ikkinchi qo‘l mashina: qaysi brend kamroq buziladi?
10:50 / 10.02.2026