«Qandim» massivida jinoyat yoxud tuzini yeb tuzlig‘iga tupurganlar
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joylashgan Qandim massivida ulkan qurilish ishlari olib borilayotganligidan, cho‘l hududida inson qo‘llari bilan yaratilayotgan mo‘'jizaviy bunyodkorlik ishlaridan butun respublika fuqarolari xabardor. U yerda faoliyat yuritayotgan har bir ishchi yoki xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘rib hammaning ko‘nglida ularga havas tuyg‘usi uyg‘onsa, ajab emas. Lekin, olayotgan maoshiga qanoat qilmay, “tuzini yeb tuzlig‘iga tupurgan” ayrim fuqarolar ham borki, ular o‘zlarining qing‘ir qilmishlari tufayli xorijiy hamkorlar oldida vijdoni pok mahalliy ishchilarning ham boshini egib, uyatga qo‘ydilar, deb xabar berdi Kun.uz’ga Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.
Koreyaning «Inbang Industrial LTD» qurilish kompaniyasi faoliyatning sayt menedjyeri Xan Yong Gu ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxslar qurilish ishlari olib borilayotgan maskandan jami bahosi 30.680.000 so‘mlik qurilish tovar moddiy boyliklarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qandim massivida joylashgan Koreyaning «Inbang Industrial LTD» qurilish kompaniyasida yordamchi menedjyer bo‘lib ishlovchi A.Kenjayev, tarjimon bo‘lib ishlovchi H.Husenov, shuningdek, ishchilar S.Shamsiddinov, V.Haqqiyev, B.Abdukarimov va R.Passiyevlar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, shu xorijiy kompaniyada haydovchi bo‘lib ishlaydigan Sh.Mo‘minovning yuk mashinasiga jami bahosi 30.680.000 so‘mlik qurilish tovar-moddiy boyliklarini yuklab olib ketib, o‘g‘rilik jinoyatiga qo‘l urganlar.
Ular tomonidan o‘g‘irlab ketilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, holat yuzasidan X.Xusenov, A.Kenjayev, R.Passiyev, S.Shamsiddinov, B.Abdukarimov, V.Xaqqiyev va Sh.Mo‘minovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:45 / 09.10.2024
Buxoroda bolalar o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi
21:29 / 27.09.2024