Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq organlari o‘tgan haftada qariyb 5 mingta huquqbuzarlik holatlarini aniqladi
Davlat soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan «Ishonch telefon»lari orqali o‘tgan hafta davomida 263 ta, shundan 5 ta yuridik va 258 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz’ga Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
O‘tgan hafta davomida joylarda nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalidan foydalanmaslik hamda tushumlarni bank kassalariga to‘liq topshirmaslik holatlari bo‘yicha 857 ta tekshirish o‘tkazilib, ularning barchasida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.
Ayni paytda aniqlangan ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘tkazilgan soliq nazorati natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 4894 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
Mazkur huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan 3474 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida soliqqa oid huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etib, uning oqibatlarini aniqlangan paytdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat ichida bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 1295 ta tadbirkorlik sub'yektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma'muriy javobgarlikdan ozod etildi.
Shuningdek, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta sodir etib, huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat ichida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 125 nafar jismoniy shaxs ham sudlar tomonidan ma'muriy javobgarlikdan ozod etilgan.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
18:47 / 06.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi
19:40 / 03.04.2026