Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro aeroportida qizlarni fohishalik uchun Malayziyaga olib ketayotgan ayol ushlandi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan I.A.Karimov nomidagi xalqaro aeroportida Bekobod shahrida vaqtincha yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan Xolida Ahrorova (ismlari o‘zgartirilgan), tanishlari Bekobod tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan Manzura Oripova va 1998 yilda tug‘ilgan Xulkaroy Nodirovalarni Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahridagi mehmonxonalarning birida o‘zining jinoiy sherigi «Tsem» ismli tanishi bilan birga ulardan fohishalikda foydalanish maqsadida «Toshkent-Kuala-Lumpur» yo‘nalishi orqali Malayziya davlatiga olib chiqib ketayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.
Undan o‘zini va Manzura Oripova hamda Xulkaroy Nodirovalarning nomiga yozilgan «Toshkent-Kuala-Lumpur» yo‘nalishiga berilgan avia chiptalar ashyoviy dalil sifatida olindi. Ushbu holat yuzasidan Xolida Ahrorovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:15 / 17.04.2026
O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llar. Narx nimaga qarab belgilanadi?
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
10:16 / 15.04.2026