Jamiyat | 15:46 / 20.06.2017
8188
2 daqiqa o‘qiladi

Uchtepada “Neksiya” qulfini buzib, o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 18 iyun kuni taxminan soat 14:00 larda, Tuyg‘unov Javohir Dilshod o‘g‘li Uchtepa tumani hududida fuqaro Ixtiyorov Shamsiddinga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashina eshigining qulfini buzish yo‘li bilan ochib, o‘g‘rilik sodir etmoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid