"Haj" va "Umra" safarlari uchun aviachiptalar narxini arzonlashtirish choralari ko‘rilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 364-sonli qaroriga muvofiq, muqaddas qadamjolarga safar qiladigan yurtdoshlarimiz uchun qator qulayliklar yaratiladi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi aviaqatnovlarida fuqarolarning «Haj» va «Umra» tadbirlariga borish-kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur tadbirlar uchun aviachiptalar narxini arzonlashtirish choralarini ko‘riladi.
Fuqarolarning «Umra» safariga borishlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 2018 yildan boshlab har yilgi «Umra» safari kvotasi olti mingdan o‘n mingga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Haj» va «Umra» tadbirlariga boradigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning barcha bosqichlarini (ruhiy-asab, narkologik, teri-tanosil, sil kasalliklari yuzasidan tibbiy ko‘rik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek Toshkent shahrida markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul amalga oshiriladi.
«Haj» va «Umra» tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, ularning avvalgi manzili bo‘yicha navbati saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
19:53 / 15.10.2024
“Sekin oshirib boramiz” – Toshboyev O‘zbekiston 24 minglik Haj kvotasidan to‘liq foydalanmayotgani haqida
15:50 / 15.10.2024
“Bu katta miqdor emas” – Diniy qo‘mita raisi Umra litsenziyasining 1 million dollarlik sharti haqida
13:55 / 03.10.2024
Umra litsenziyasi bo‘yicha yangi talablar yaqin kunlarda e’lon qilinishi aytildi
20:41 / 24.09.2024