Bölajak hojilar 2 maydan 18 mayga qadar Özbekistondagi 9 ta aeroportdan Madinaga uçadi.

2 may kuni ilk ziyoratçilarni kuzatiş marosimida Özbekiston prezidenti administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar departamenti boşliği Muzaffar Komilov, Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev va Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar hazratlari qatnaşdi.

Kun.uz muxbiri muqaddas ziyoratga otlangan yurtdoşlarimizni tabriklab, ularga mikrofon tutdi:

«Kuzatuv çoğida Muftiy hazratlari ziyoratçilarga Haj amallarini mukammal va bekamu köst ado etişlarini tilab, Haq taolodan yurtdoşlarimizning safarlarini bexatar, ibodatlarini esa maqbul aylaşini sörab xayrli duolar qildi», deyiladi diniy idora xabarida.
 

Foto: Musulmonlar idorasi matbuot xizmati

Ma’lumot uçun, 2026 yilda ham Özbekistondan 15 ming ziyoratçi Hajga yöl olmoqda. Joriy yilda bir kişi uçun Haj safarining narxi 77 million 73 ming sömni (qariyb 6400 dollar) taşkil qilmoqda.
 

Foto: Musulmonlar idorasi matbuot xizmati

2026 yilda Qurbon Hayiti taxminan 26 yoki 27 may sanasiga töğri kelişi kutilmoqda. Hojilar Arafa kuni va Qurbon hayitlarini ötkazgaç, Haj amallarini yakunlab, iyun oyining dastlabki haftasida Özbekistonga qaytişni boşlaydi.