Özbekiston 2026 yilgi Haj mavsumi 2 maydan boşlanadi hamda 18 mayga qadar har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oşiriladi.
Ziyoratçilar Özbekistonning 9 ta hududi – Toşkent, Namangan, Farğona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarşi, Termiz va Urganç şaharlaridagi aeroportlardan Madina şahriga töğridan-töğri uçadi.
Musulmonlar idorasining ma’lum qilişiça, özbekistonliklarni Madina şahriga yetkaziş Saudiya Arabistonining arzon narxdagi (low-cost airline) kompaniyasi Flyadeal zimmasiga yuklatilgan. Hojilarni qaytarib olib keliş esa Uzbekistan Airways tomonidan amalga oşiriladi. Ziyoratçilarning qaytişi iyun oyining dastlabki haftasida boşlanişi kutilmoqda.
Idora matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, joriy yilda ham Özbekiston uçun 15 ming dona kvota ajratilgan. Musulmonlar idorasi huzuridagi «Haj» va «Umra» tadbirlarini taşkil etiş markaziga köra, joriy yilda bir kişi uçun Haj safarining narxi 77 million 73 ming sömni (qariyb 6400 dollar) taşkil qilmoqda.
Ma’lumot uçun, Özbekiston fuqarolari kelasi yilda Haj ziyoratiga boriş uçun oldindan elektron navbatga röyxatdan ötişi mumkin. Bu ikki usulda amalga oşiriladi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va www.haj-umra.gov.uz sayti orqali.
Ma’lum qilinişiça, ayni vaqtda Haj tadbirlarini taşkil etiş böyiça quyidagi tayyorgarlik işlari amalga oşirilmoqda:
- ziyoratçilar tibbiy körikdan ötkazilib, meningit kasalligiga qarşi emlandi;
- ziyoratçilarning rasmiy haj vizalari va boşqa zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş yakunlandi;
- ziyoratçilarga guruh rahbarlari biriktirilib, safar oldi maşğulotlari ötkazilmoqda.
Diniy idoraga köra, har bir ziyoratçiga quyidagilar taqdim etilmoqda:
- «Haj – buyuk ibodatdir» qöllanmasi;
- Sumka;
- Nimça;
- Termos;
- Soyabon;
- sim-karta va quvvatlagiç.












