Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Haj» va «Umra» tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimi shakllantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytida «Haj» va «Umra» tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimini shakllantiradi va mazkur onlayn tizimini doimiy ravishda yangilab borilishini ta'minlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi saytida ma'lum qilingan.
Unga ko‘ra, tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha tashkiliy guruhlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan ziyoratchilarning ro‘yxati asosida ularni «Haj» va «Umra» tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazib borishadi.
Tuman (shahar)lardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hozirgi vaqtga qadar mazkur o‘zini o‘zi boshqarish organlarida navbatda turgan ziyoratchilarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, xatlov natijalari bo‘yicha tasdiqlangan ro‘yxatlarni tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha tashkiliy guruhlarga taqdim etadi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
17:46 / 14.05.2026
Prezident tashabbusi bilan 100 kishiga bepul Haj yo‘llanmasi berildi
18:34 / 02.05.2026
O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Hajga yo‘l oldi
13:14 / 29.04.2026