Bryussel vokzali yaqinida «xudkushlik belbog‘i»ga ega bo‘lganlikda gumonlangan terrorchi otib tashlandi
«Kichik portlash» Belgiya poytaxtidagi jamoachtilik transporti harakatini to‘xtatib qo‘ydi.
Belgiya poytaxtidagi markaziy temiryo‘l vokzali oldida yuz bergan va politsiya tomonidan «kichik portlash», deb atalgan voqeadan so‘ng jamoatchilik transporti harakati to‘xtab qoldi, deb xabar beradi Interfax.
The Telegraph’ning xabariga ko‘ra, Temir yo‘l stansiyasida juda ko‘plab politsiyachilar to‘plangan va ular hozircha hodisaning tafsilotlarini oshkor qilishmayapti.
Scene outside Brussels railway station, many police and military [vid:@OlileBussy] pic.twitter.com/Dz3mzBPYvb
— Roeland Roovers (@r0eland) June 20, 2017
Belgiya ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, politsiyachilar belbog‘iga portlatgich bog‘lab olgan insonni yo‘q qilishgan.
Belgiya politsiyasi rasmiy Tvitter akkauntida «bir inson» bilan bog‘liq hodisa ro‘y bergani va vaziyat nazorat ostida ekanligini bayon qilgan.
Mavzuga oid
18:57 / 07.09.2024
Bryusseldagi Audi zavodi yopilishi mumkin
16:45 / 30.08.2024
Kuleba Bryusselda Kiyevga harbiy yordamni tezlashtirishni muhokama qiladi
09:41 / 17.05.2024
Bolalarni himoya qilish: Bryussel Meta’ga qarshi surishtiruv boshladi
08:31 / 04.04.2024