Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan jismoniy shaxslar ro‘yxati e'lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi Toshkent shahrida joriy etilgan yo‘l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi tomonidan qayd etilgan va sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun belgilangan muddatlarda jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan jismoniy shaxslar ro‘yxatini taqdim etdi.
Ro‘yxatning birinchi o‘rnidan joy olgan "Spark" avtomobili 23 bora qoidabuzarlik qayd etgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda ham "Spark" mashinalari qayd etilgan. Ular mos ravishda 20 va 17 bor qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan.
To‘liq ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
“Kompyuterlashtirilgan tizim tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan 60 kunlik muddatni o‘tkazib yuborish, transport vositalarini ushlash va jarima maydonlariga joylashtirishga sabab bo‘lishi haqida ogohlantiramiz”, - deyiladi YHX Bosh boshqarmasi xabarida.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026