Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 1,2 ming mahbus ozodlikka chiqarildi
Illyustrativ foto
Qozog‘istonda mamlakat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan amnistiya tufayli taxminan 1,2 ming mahbus ozodlikka chiqdi. Bu haqda respublika IIVning jinoiy-ijro tizimi Qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, Qozog‘istonda amnistiya rasman yakuniga yetdi. U mamlakat prezidenti tomonidan 2016 yilning dekabrida imzolangan “Qozog‘iston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq o‘tkazildi. “Amnistiya natijasida 1200 nafar mahbus ozodlikka chiqarildi, yana 2269 mahbusning jazo muddati qisqartirildi”, - deyishgan Qo‘mitada.
Bundan tashqari, jamiyatdan ajratilmagan holda jazo muddatlarini o‘tagan 6,7 mingdan ortiq kishi ozod etildi – ular yashash joyida jinoiy-ijro tizimi xizmati qaydnomasida turgan.
"Ushbu qonunni amalga oshirish davrida 40 ga yaqin xorijiy fuqaro ozod etildi, ular asosan yaqin xorij davlatlaridan. Ayni damda jazoni ijro etish muassasalarida MDH va uzoq xorij davlatlarining 1300 ga yaqin fuqarosi bor", - deya ta'kidlangan xabarda.
Mavzuga oid
18:10 / 24.02.2026
Jazo muddatini o‘tagan yoshlar uchun «Ikkinchi imkon» loyihasi yo‘lga qo‘yiladi
10:31 / 06.02.2026
Venesuela parlamenti amnistiya to‘g‘risidagi qonunni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi
10:40 / 21.01.2026
Turkiyada qamoqdagi o‘zbeklar bilan konsullik suhbati o‘tkazildi
09:57 / 14.01.2026