Toşkentdagi «Köksaroy» qarorgohida prezident Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan muloqoti bölib ötdi.
Unda jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötab bölgan yoşlarning ijtimoiy hayotga tez moslaşişini ta’minlaş muhim ekani ta’kidlandi.
Buning uçun «Ikkinçi imkon» loyihasi boşlanadi. Bunday yoşlar 8-12 oylik intensiv kurslarda dasturlaş, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boşqa kasblar va xorijiy tillarga öqitilib, daromadli işga ega böladi.
Mazkur tizim 1 iyundan Navoiy, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatida, kelasi yildan esa barça hududlarda joriy qilinadi.













