Jahon | 10:14 / 21.06.2017
7776
1 daqiqa o‘qiladi
Serbiya prezidenti: Kosovo mustaqilligini hech qanday sharoitda tan olmayman
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning ma'lum qilishicha, Kosovo mustaqilligini hech qanday sharoitda tan olmaydi.
"Agarda men konstitutsiyaga qo‘l qo‘yib, Kosovoni tan olmayman, deb qasamyod qilgan bo‘lsam, qanday qilib uni tan olishim mumkin? Men Kosovo mustaqilligini tan olmayman, bunga xohishim ham yo‘q", - dedi Vuchich seshanba kuni Serbiya milliy teleradiokompaniyasi RTS efirida. Shu bilan birga, u o‘z oldiga “real va amalga oshirish mumkin bo‘lgan maqsadlarni” qo‘yishga chaqirdi.
31 may kuni Serbiya prezidenti qasamyod qabul qilish vaqtida Kosovo masalasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yishni taklif qildi.
Mavzuga oid
11:30
Serbiyada temiryo‘l vokzalida tom qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
09:10 / 26.10.2024
Yevrokomissiya rahbari Serbiya bosh vaziri bilan uchrashuvni bekor qildi
13:20 / 21.10.2024
Vuchich 2,5 yil ichida birinchi marta Putin bilan telefonda gaplashdi
09:10 / 18.10.2024