Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya to‘rt yil ichida o‘z Hyperloop'ini ishga tushiradi
2012 yilda Ilon Mask tomonidan taklif qilingan o‘ta tezkor vakuum poyezdlari g‘oyasi ko‘pchilikka ma'qul kelgan ko‘rinadi. Bugun bu rejani amalga oshirish yo‘lida bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakat (AQSh, BAA, Janubiy Koreya) ish olib bormoqda.
Koreyaliklar poytaxt Seuldan kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahar hisoblangan Pusanga ilk Hyperloop yo‘nalishini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishmoqda. Shaharlararo masofa 320 kilometrdan ortiqroq, uni atigi 20 daqiqada bosib o‘tish rejada bor. Hi-News shu haqda ma'lum qildi.
Janubiy Koreya hukumati joriy yilning yanvaridayoq o‘z mamlakatida Hyperloop tarmog‘ini qurish g‘oyasiga qiziqib qolishdi. Aynan o‘shanda hukumat vakillari Xanyanga universiteti olimlariga loyihani haqiqatga aylantirishda yordam so‘rashgan.
Endilikda ma'lum bo‘lishicha, Hyperloop Transportation Technologies kompaniyasi mutaxassislari ham koreyaliklarga bu borada yordamga kelishadi, ular boshqa mamlakatlardagi shunday loyihalarni amalga oshirishda yetarlicha tajribaga egalar.
Vakkum tunnellarning birinchi tarmog‘i ekspluatatsiyasi 2021 yilga mo‘ljallanmoqda.

Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026