Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Venesuelaning Amerika davlatlari tashkilotiga qaytishi shartini aytdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) bosh kotibi Luis Almagro o‘z lavozimini tark etsagina, Venesuela tashkilotga qaytishini aytdi. Bu haqda Universal nashri xabar bermoqda.
"Luis Almagro ADTdan voz kechishi va davlatlarga ADTni tiklash va qayta shakllantirishga imkon berishi kerak. Agar Luis Almagro o‘z lavozimini tark etsa, Venesuela ADTga qaytish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin", deb aytgan Maduro.
Avvalroq Venesuela ADTdan chiqishini va tashkilot tomondan unga nisbatan qabul qilinadigan hech bir qarorni tan olmasligini aytgan. Mamlakatda aprel boshidan beri Maduro siyosatiga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu namoyishlar oqibatida kamida 74 kishi halok bo‘lgan.
ADT bosh assambleyasining Meksikaning Kankun shahrida o‘tgan yig‘ilishi Venesueladagi vaziyat bo‘yicha birorta ham qaror qabul qilinmagani bilan yakunlangan.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026