14:03 / 23.06.2017
12037

Ispaniya sudi Messi uchun qamoq jazosini jarimaga almashtirdi

Ispaniya Oliy sudi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi uchun qo‘llangan 21 oylik qamoq jazosini 252 ming yevro miqdoridagi jarimaga almashtirdi. Bu haqda EFE xabar tarqatgan.

Futbolchining otasi Xorxe Messi esa 180 ming yevro miqdorida jarima to‘laydi. Prokuratura voqealarning bunday rivojiga qarshi emas.

Futbolchi va uning otasi 2016 yil yozida 2007, 2008 va 2009 yillarda jami 4,1 mln yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaslikda ayblangandi. Argentinalik futbolchi imij huquqidan olingan daromadlaridan soliq to‘lamagan. Unga 21 oylik qamoq jazosi qo‘llangan, lekin Ispaniyada ikki yildan oshiq bo‘lmagan qamoq jazosi shartli qamoq jazosi hisoblanadi va ayblanuvchi bu muddatni qamoqxonada o‘tkazmaydi.

Top