Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi YTH qurbonlari jasadlari bugun O‘zbekistonga keltiriladi
Qozog‘istondagi YTH qurbonlari jasadlari bugun O‘zbekistonga yetkaziladi. Buning uchun Toshkentdan Oqto‘be shahriga maxsus aviareys yo‘l oldi. Bu haqida "Kun.uz" manbasi xabar berdi.
Bundan avval O‘zbekiston respublikasi TIV konsullik boshqarmasi Qozog‘istonda yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini e'lon qilgani haqida ma'lum qilingan edi.
22 iyun kuni soat 10:20 da Samara—Chimkent trassasining 946-kilometrida, Qorabutoq posyolkasidan 20 kilometr uzoqda ikki qavatli Mercedes avtobusi ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi (O‘zbekiston fuqarolari), 18 kishi kasalxonaga yetkazildi (17 nafar O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Qozog‘iston fuqarosi). 25 kishiga hodisa joyida yordam ko‘rsatildi
Jabrlanuvchilar Akto‘be viloyati, Aytekebiysk tumani hududidagi «Komsomol» posyolkasidagi shifoxonaga joylashtirilgan.
TIV saytida Qozog‘istonda 22 iyun kuni ro‘y bergan YTH oqibatida halok bo‘lganlar ro‘yxati keltirilgan. Qurbonlarning 7 nafari Farg‘ona vodiysidan, bir nafari Surxondaryo, bir nafari Jizzax viloyatida istiqomat qilgan. Ularning yoshi eng kattasi 36 yoshda, eng kichigi esa 26 yoshda bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026