Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev: Moskvada Suriyaga Qirg‘iziston harbiylarini jo‘natish masalasi ko‘tarilmadi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambovning ma'lum qilishicha, Moskvadagi uchrashuvlar vaqtida qirg‘iz harbiylarini Suriyaga jo‘natish masalasi muhokama etilmagan. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
«Bu masala tor doirasidagi uchrashuvlarda ko‘tarilmadi, biz Rossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin bilan kechki ovqat vaqtida 2,5 soat birga bo‘ldik, bu masala umuman ko‘tarilmadi», - dedi Atamboyev.
Shuningdek, davlat rahbarining ta'kidlashicha, Suriyaga mamlakat harbiylarini yuborish – oddiy ish emas, sababi buning uchun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti barcha davlatlarining qarori, BMT rezolyutsiyasi kerak, shundan so‘ng buni mamlakat parlamenti yakuniy tarzda hal etishi kerak bo‘ladi. Mamlakat prezidentining bildirishicha, Suriyaga faqatgina kadr harbiylar, zobitlarni yuborish lozim.
«Biz buni umuman muhokama qilmaganmiz, hayronman, bu masala qayerdan paydo bo‘ldi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Atamboyev.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026