Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yong‘in xavfsizligi maqsadida Londondagi 5 ta binodan odamlar evakuatsiya qilinadi
Londonning Kamden tumani rahbariyati yong‘in xavfsizligi maqsadida Chalcots Estate mikrotumanidagi 5 ta ko‘p qavatli binoda yashovchi odamlarni vaqtinchalik boshqa joyga ko‘chirishga qaror qildi. Gap shundaki, ushbu binolar ham yonib ketgan Grenfell Tower binosi kabi tashqi qoplash materiallari bilan qoplab chiqilgan.
Bu haqda Kamden okrugi kengashi rahbari Jorjiya Guld Sky News telekanali efirida ma'lum qildi.
"Grenfell’dagi yong‘in barchasini o‘zgartirdi – biz odamlarni falokatdan saqlash uchun barcha ishni qilishimiz lozim", deb aytdi Guld va shahar aholisi xavfsizligi munitsipal hokimiyatning asosiy vazifasi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Umumiy hisobda bu binolardan 800 ga yaqin oila ko‘chiriladi. Hozircha ular yaqin oradagi sport-ko‘ngilochar majmuasiga ko‘chiriladilar. So‘ngra do‘stlari va yaqinlarinikida vaqtinchalik yashashga imkoni bo‘lmaganlar mehmonxonalarga joylashtiriladilar.
Guldning aytishicha, uylarning qoplamasini yong‘inga bardoshlisiga almashtirish bo‘yicha ishlar 3-4 hafta davom etadi.
14 iyunda Grenfell Tower’da sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 79 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026