Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivanka Tramp sudga chaqirtirildi
Foto: Andrew Harrer/Bloomberg
AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp poyabzal dizaynidan nusxa ko‘chirish ishi bo‘yicha sudga chaqirtirildi. Bu haqda 24 iyunda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Manxetten tuman sudi qaroriga ko‘ra, Ivanka sudga oktabr oxirigacha kelishi kerak. Unga ko‘rsatmalarni Nyu-Yorkda emas, balki u hozir yashayotgan Vashingtonda berishiga ruxsat berildi.
Ivanka nomiga plagiatda ayblovlar 2016 yil bahorida bildirilgan. Aquazzura poyabzal markasi vakillari Ivanka o‘zining tuflilar qatorini yaratishda Aquazzura’ning poyabzallaridan birining dizaynidan nusxa ko‘chirganini aytishgan. Gap 780 dollardan qimmatroq turuvchi baland poshnali tufli haqida ketmoqda. Aquazzura vakilining aytishicha, Ivanka shunday poyabzalni ancha arzonroqqa – 150 dollarga yaratgan.
Mavzuga oid
18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi
15:15 / 20.09.2023
O‘zbekiston AQShga maktab poyabzallari yetkazib beradi
08:23 / 16.09.2022
Xitoy O‘zbekistonda charm-poyabzal sohasida yangi loyihalarni ishga tushirishi mumkin
08:35 / 26.03.2022