Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi YTHda vafot etganlar jasadi va jabrlanganlar bo‘lgan samolyot O‘zbekistonga uchib ketdi
2017 yilning 24 iyun kuni Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati hududida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘lgan 9 kishining jasadi va 38 ta jarohatlanganlar yuklangan maxsus samolyot O‘zbekistonga uchib ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan tunda Oqto‘ba shahriga borgan O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi konsullik bo‘limi xodimlari tomonidan respublika va mahalliy hokimiyat organlari yordamida jabrlanganlarni vatanga qaytarish uchun barcha tashkiliy va yuridik masalalar hal qilindi.
Mamlakat rahbariyati topshirig‘iga binoan yetib borgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligining tibbiyot xodimlari mahalliy shifokorlar bilan birgalikda davolanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ko‘zdan kechirdilar va barchani vatanga qaytarishga ruxsat berdilar.
O‘zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, Oqto‘ba shahri aeroportidan erta tongda maxsus samolyot O‘zbekistonga yo‘l oldi.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026