Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda yana turar-joy binosi yonib ketdi
Foto:newsline.com
Londonning sharqidagi Betnal Grin tumanida 24 iyunda 4 qavatli turar-joy binosi yonib ketdi. Voqea joyida 10 ta o‘t o‘chirish brigadasi va qutqaruvchilar, umumiy hisobda 72 kishi ish olib bormoqda, deb ma'lum qilgan London o‘t o‘chirish xizmati.
Voqea sababli o‘t o‘chirish xizmatining navbatchi raqamiga yaqin oradagi uylarda yashovchilardan 50 ga yaqin qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Bu qo‘ng‘iroqlardan birinchisi taxminan soat 16:25da kelib tushgan. Ma'lum qilinishicha, yong‘in binoning 3-qavatida boshlangan. Ayni vaqtda yong‘in chiqishi sabablari va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Londondagi yong‘in bilan bog‘liq favqulotda vaziyatlarga katta e'tibor 14 iyunda 24 qavatli Grenfell Tower turar-joy binosi yonib ketgandan keyin berila boshlangan. O‘sha yong‘in oqibatida kamida 79 kishi halok bo‘lgan. Skotland-Yard tergov natijalariga ko‘ra, yong‘in FF175BP Hotpoint muzlatgichi sababli chiqqanini ma'lum qilgan. Bundan tashqari, binoning tashqi tomoni qoplanib chiqilgan material va issiqlik izolyatsiyasi yong‘in xavfsizligi me'yorlariga muvofiqlik sinovidan o‘tmagan bo‘lgan.
24 iyunda Buyuk Britaniya hukumatining kommunalar va mahalliy boshqaruv departamenti vakili boshqa binolarda tekshiruvlar o‘tkazilib, uning natijasiga ko‘ra, mamlakatda Londondan Manchester va Plimutgacha 27 ta bino yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
11:05 / 17.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 16.03.2026
Yunusobodda shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
08:34 / 16.03.2026