Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda voyaga yetmagan qizni tunagan ayol kishi qo‘lga olindi
Foto: Toshkent shahar IIBB
2017 yilning 22 iyun kuni taxminan soat 21:50 larda Xonazarova Dilorom Furqatovna o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida, voyaga yetmagan Vaxidova Muxtasarning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) narxi 550.000 so‘mlik ziragini egallab, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
09:37 / 08.12.2025
Nigeriya: jangari guruh qo‘lidan 100 nafar maktab o‘quvchisi qutqarildi
12:02 / 22.10.2025
Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarning qiymati ma’lum qilindi
15:08 / 20.10.2025