Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamandagi masjidda sodir etilgan otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Foto: AFP 2017 / Stringer
Yamanning Amron viloyatidagi masjidlardan birida hayit namozi o‘qilayotgan vaqtda husiylar o‘rtasida otishma chiqdi. Buning oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi yaralandi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Amron mamlakat poytaxti Sanodan shimolda joylashgan. Voqea viloyat g‘arbidagi Shahar munitsipalitetida yuz bergan.
Ma'lum qilinishicha, "Ansor Alloh" ayirmachilar harakati jangchilaridan biri masjidda harakat shiorlarining aytilishi oqibatida chiqqan mojaroda boshqa jangchiga o‘q uzgan. Otishma sababchisi o‘ldirilgandan keyin ham to‘qnashuv davom etgan va uning oqibatida yana ikki kishi halok bo‘lgan va 3 kishi yaralangan.
Yamanda hukumat kuchlari va shia ayirmachilari – husiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 2014 yildan beri davom etib kelmoqda. BMTning ixtilofni tinchlik bilan hal qilishga barcha urinishlari natija bermayapti.
Mavzuga oid
11:28 / 11.02.2026
Kanadada maktabdagi otishmada o‘n kishi halok bo‘ldi
17:10 / 08.01.2026
2025 yil O‘zbekistonda 3 ta masjid va 1 ta cherkov ro‘yxatdan o‘tkazildi
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025