Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada maktab avtobusi ishtirokida jiddiy YTH, 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Argentinaning Mendosa viloyatida avtobus ishtirokida YTH ro‘y berdi. Todo Noticias’ning xabar berishicha, avtobusda raqs maktabi o‘quvchilari bo‘lgan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, avtobus salonida Buenos-Ayresdagi raqs maktabida tahsil oluvchi bolalar guruhi va ularning ota-onalari bo‘lgan.
Hodisa oqibatida 12 kishi, jumladan bolalar ham, halok bo‘ldi, o‘nlab insonlar jarohatlandi.
Politsiya avtohalokat sababini ochiqlamagan. Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Avvalroq Braziliyada yuk mashinasi, avtobus va ikkita tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida kamida 21 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026