Jahon | 08:49 / 26.06.2017
3002
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada kema cho‘kishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Foto: Globovision

25 iyunda Kolumbiyaning Antokiya departamentidagi Guatape shahri yaqinidagi suv omborida bortida 150 ga yaqin odam bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi. Odamlarni qutqarish bo‘yicha ishlar boshlanib, voqea joyiga vertolyot jo‘natilgan. Antokiya departamenti ma'muriy markazi hisoblanuvchi Medelin shahri meri shuningdek o‘t o‘chiruvchilar va g‘avvoslar jalb qilinganini ma'lum qilgan.

Ayni vaqtda halok bo‘lganlar soni 9 nafarni tashkil qilmoqda, 28 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, deb ma'lum qildi "Frans Press" axborot agentligi. 

"Ayni vaqtda bizda 9 kishi halok bo‘lgan", deb ma'lum qildi mahalliy favqulodda vaziyatlar departamenti boshlig‘i Margarita Monkada. 

Omon qolishga muvaffaq bo‘lganlarning aytishicha, El Almirante deb nomlangan kema haddan ortiq yuklangan bo‘lgan va kemadagi birorta odamda qutqaruv nimchalari bo‘lmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid