Jahon | 12:33 / 26.06.2017
5184
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada sayyohlik kemasi halokatidan so‘ng 130 dan oshiq kishi qutqarib qolindi

Foto: vanguardia

Kolumbiyada turistlar bo‘lgan kemaning cho‘kib ketishidan so‘ng 130 dan ortiq kishi qutqarib qolindi.

"133 kishi qutqarib qolindi, 16 inson bedarak yo‘qoldi va 6 odam halok bo‘ldi, kema halokatining yakunlari hozircha shunday", - deyiladi mamlakat qutqaruv xizmati bayonotida.

Avvalroq 122 inson qutqarib qolingani va 31 kishi bedarak yo‘qolgani xabar berilgandi.

El Almirante turistik kemasi Kolumbiyaning Antokiya departamentidagi Guatape shahri yaqinidagi suv omborida cho‘kib ketdi. Kema bortida 150 dan ortiq kishi bo‘lgan. Qutqaruv amaliyoti davom etmoqda, Kolumbiya harbiy-havo kuchlari hodisa joyiga vertolyot yuborgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid