Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zagroeksport» rahbari navbatdagi videoselektorda ishdan olindi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev eksport rejalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda barcha sharoitlar yaratilganiga qaramay «O‘zagroeksport» eksport rejasini bajarmagani qayd etilgan va kompaniya direktori Jamshid Xolmuhammedov Abduhakimovich lavozimidan ozod etilgan.
«O‘zagroeksport» maxsus tashqi savdo kompaniyasi 2016 yilning aprelida Islom Karimov qarori bilan «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibida tuzilgandi. Kompaniya yangi tuzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadi.
«O‘zagroeksport» 2017 yilning birinchi choragida 101,8 ming tonna meva va sabzavotni eksport qilgandi.
Prezident qarori: «O‘zagroeksport» monopoliyasi bekor qilinadi
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026