Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston boksi superyulduzi islom dinini qabul qildi
Qozog‘iston tarixida boks bo‘yicha ilk Olimpiya chempioniga aylangan Vasiliy Jirov "Nur-Ostona" masjidida islom dinini qabul qildi. U birinchi og‘ir vazn toifasida IBF yo‘nalishi bo‘yicha professionallar o‘rtasida sobiq jahon chempioni ham hisoblanadi. Bu haqda "Profi Boks Kazaxstana" "Feysbuk"da xabar berdi.
Vasiliy Jirov Ramazon hayiti bayrami arafasida islomni qabul qildi, deyiladi “Hazrat Sulton” masjidi saytida.


Instagram foydalanuvchilari bunga o‘z munosabatini bildirishgan. Masalan rustam_abdussalamov shunday yozdi: “Kecha qandaydir o‘zgacha kun bo‘ldi! Hammasi odatdagidek boshlandi, 5 da uyg‘ondik, hayit namoziga bordik, biroq bu safar biz bilan birga, namozga Vasya Jirov ham keldi. U yonimizda turdi va o‘z hayotidagi birinchi namozni o‘qidi. Bu shunday o‘zgacha kunda hamda poytaxtning markaziy masjidida ro‘y berdi!”.
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025