14:13 / 28.06.2017
14264

MRB sobiq xodimi Amerika OAVning “siri” haqida gapirib berdi

Foto: AP

Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Jon Kiriaku nima uchun Amerika OAV AQSh prezidenti Donald Trampning “Rossiya bilan aloqalari” mavzusini chetga surib qo‘yish niyatida emasligini aytib o‘tdi. U bu haqda RT’ga intervyusida ma'lum qilgan.

Kiriakuning so‘zlariga ko‘ra, razvedka hamjamiyatida “Rossiya aralashuvi” borasida hech qanday dalillarning yo‘qligi, biroq, Amerika telekanallari va nashrlari uchun bu ahamiyatsizligi haqida gapirishmoqda.

"Amerika OAVning kichik siri shundan iboratki, ular bir aravada, ularning bariga yirik kompaniyalar egalik qiladi. Hamda ularning hammasi moliyaviy ko‘rsatkich borasida bosh qotiradi", - deya ta'kidlab o‘tgan u.

Kiriakuning ta'kidlashicha, OAVdan daromad olishning yagona yo‘li – reklamani sotishdir. Shuning uchun ular “portlovchi” xabarlar orqali reytinglarini ko‘tarib olish harakatida.

"Ko‘pchilik hollarda esa xabarlar orasida haqiqat yo‘qolib qoladi", - deya xulosa qilgan MRB sobiq xodimi.

Mavzuga oid
Top