Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Sobiq ittifoqni Ukrainadagi korrupsiyada aybladi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning fikricha, davlatida korrupsiya bilan kurash jamiyat va “har bir kishining ongida sovetlar korrupsiya tizimi” o‘rnashib qolgani tufayli oson kechmayapti.
Bu haqda davlat rahbari Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“U (korrupsiya) sovetlarning korruptsion tizimidan kelgan bo‘lib, jamiyat va har bir kishining ongida mustahkam o‘rnashib qolgan”, - dedi Poroshenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning amaldagi hukumati korrupsiya bilan kurash va islohotlar o‘tkazishda ajoyib natijalarga erishdi.
“Mamlakatni urush paytida isloh etish oson emas. Biroq biz buning uddasidan chiqdik”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi prezident.
Mavzuga oid
21:30
Ukraina Azov dengizida Rossiyaning 20 dan ortiq kemasiga zarba berdi. Bu haqda nimalar ma’lum?
20:36
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:02
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
11:25