Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram Rossiyada bloklanmaydigan bo‘ldi
Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohalaridagi nazorat federal agentligi («Roskomnadzor») Telegram messenjerini Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bu haqda agentlik rahbari Aleksandr Jarov ma'lum qilgan.
Shu tariqa Telegram Rossiya hududida huquqiy asosda faoliyat yurita boshlaydi.
«Bu bosqichda Telegram qonun bo‘yicha barcha talablarni bajaradi. Yaqin vaqt ichida messenjer reyestrga kiritiladi. Shu tariqa Telegram Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy ishlay boshlaydi. Boshqa xalqaro kommunikatsion servizlar ham shunday yo‘l tutishi kerak. Rossiya qonunlariga barcha kompaniyalar amal qilishi kerak», — degan Aleksandr Jarov.
O‘tgan haftada Aleksandr Jarov Telegram jamoasi va shaxsan Durovni Rossiya qonunchiligi talablariga rioya etish hamda muassasaga ma'lumot tarqatuvchilar reyestriga kiritish uchun ma'lumot berishga chaqirgandi. Jarov aks holda messenjer Rossiya hududida to‘sib qo‘yilishidan ogohlantirgandi.
Biroz oldinroq Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer «Roskomnadzor» reyestriga kiritilishiga roziligini ma'lum qilgandi. Shu bilan birga u Telegram jamoasi «Yarovaya qonuni»ni (foydalanuvchilarning ma'lumotlarini taqdim etishni talab qilishga qaratilgan) bajarmasligini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026