Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 kgga yaqin giyohvandlik moddasini olib ketayotganlar ushlandi
2017 yilning 28 iyun kuni Toshkent IIBB tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2017» tadbiri davomida “Bektemir” YPX maskanida 1 kg 700 grammdan ortiq giyohvandlik moddasini olib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi.
Shahar IIBBda tashkil etilgan brifingda ma'lum qilinishicha, muqaddam o‘g‘irlik jinoyati sodir etgani uchun sudlangan Anikeyev Stanislav hamda muqaddam sudlanmagan Charyarov Alimardon Ibrohimovichlar fuqaro Rahimovning boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2104” rusumli avtoulovida Bektemir tumani hududida joylashgan “Bektemir” YPX maskanidan kirib kelishda o‘z hatti-harakatlari bilan IIBB xodimlarida shubha uyg‘otishgan. Avtomashina to‘xtatilib, fuqaro Anikeyev va Charyarovlarning yoni tekshirilgan vaqtda umumiy og‘irligi 1 kg 748 gramm miqdorida “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ya'ni, ko‘p miqdorda, giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:28 / 11.02.2026
Toshkentda yo‘l qoidabuzarliklariga oid jarimalar bo‘yicha shikoyatlar uchun Call-markaz ishga tushdi
12:58 / 11.02.2026
Toshkentda ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba qo‘lga olindi
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026