Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada prezident qarorgohiga mashinada bostirib kirmoqchi bo‘lishdi
Braziliyada noma'lum kimsalar mamlakat prezidenti Mishel Temerning poytaxt Braziliadagi qarorgohiga mashinada bostirib kirmoqchi bo‘ldilar, deb xabar bermoqda Globo portali. Guvohlarning aytishicha, o‘q ovozlari eshitilgan.
Ta'kidlanishicha, mashina Alvorada qarorgohi oldidagi to‘siqni buzib kirgan. Bir gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Ayni vaqtda saroy hududi o‘rab olingan. Voqea vaqtida Temerning o‘zi qarorgohida bo‘lmagan.

Temer bahordayoq bu qarorgohda yashashdan bosh tortgandi: uning fikricha, saroy haddan tashqari katta va noqulaydir. Prezident shuningdek saroy "yomon energetika"ga egaligini aytib, hattoki u yerda arvohlar bo‘lishi mumkinligi haqida hazillashgan.
Avvalroq Temer unga bildirilayotgan korrupsiyadagi ayblovlar negizida vaziyatning og‘irlashgani sababli G20 sammitiga safarini bekor qilgandi.

Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026