19:07 / 29.06.2017
23213

“Oliyjanoblik – ulug‘ fazilat” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirishda ularda oliyjanoblik fazilatlarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning uchun o‘quvchilarda oliyjanoblik fazilatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘quvchilar ongiga chuqur singdirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litsey  o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasida  “Oliyjanoblik nima?”, “Chto takoye blagorodstvo?” mavzularida insholar  tanlovi  e'lon qilindi. Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rin sohibiga noutbuk, 2-o‘rin sohibiga - planshet, 3-o‘rin sohibiga uyali aloqa telefoni hamda g‘olib o‘qituvchi va ota-onalarga kitoblar sovg‘a qilinishi e'lon qilindi.

O‘tkazilgan insholar tanlovida jami 728 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi va ularning eng saralari tanlab olinib, g‘olib o‘quvchilar  o‘quv yili yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan tantanali saflanishda taqdirlanishdi.

Tanlovda 1-o‘rinni egallagan 11-15 guruh o‘quvchisi Rasulova Dildoraga noutbuk , 2-o‘rin sohibi  01-15 guruh o‘quvchisi Nig‘matova Sadoqatga planshet, 3-o‘rin egallagan 11-16 guruh o‘quvchisi Utesheva Dianaga mobil telefon tanlanali ravishda topshirildi.

O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bundan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘sib kelayotgan yoshlarimizni yuksak ma'naviyatli inson bo‘lib yetishishiga, kitobga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshishiga katta yo‘l ochadi, deb o‘ylaymiz.

Top